Description:
Turkiy xalqlar jahon tamadduniga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan qardoshlardir. Ularning urf-odat va an’analari, adabiyoti, falsafasi, me’morchiligi, musiqasi, san’ati, madaniyati, tarixi, tili va dini bir. Turkiylarning bir-biriga yaqinlashtirgan umumiy va o‘xshash jihatlar ularning tili va adabiyoti hamda madaniyatida yaqqol namoyon bo‘ladi. Turkiy xalqlar adabiy aloqalari ko‘p asrlik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgani, jahon adabiyoti xazinasiga ko‘plab buyuk shoiru adiblarni yetishtirib bergani ham ma’lum.Turkiy xalqlar ijodkorlari mavjud an’analarni o‘z davri sharoitida davom ettiribgina qolmasdan, poetik mazmunni
boyitishga ham xizmat qilganlar. Mazkur ijodkorlarning nafaqat o‘z adabiy muhitlaridagi balki jahon so‘z san’ati taraqqiyotidagi o‘rnini belgilash, ilmiy va keng jamoatchilikka taqdim etish, yangi ilmiy tadqiqotlar uchun yo‘l ochish, adiblar ijodiyoti asosida kelajak avlodlarda ma’naviy meros va qadriyatlarga hurmat hissini yuksaltirish zaruriyatidan Xalqaro anjuman o‘tkazildi va to‘plamda mazkur anjuman materiallari o‘rin olgan.
To‘plam № AL-322103020 raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha veb-sayt va elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida chop etildi.